Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida bir haftada 25 ta YTHda 26 kishi jarohatlandi
Toshkent viloyatida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida qator tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramay, 30 iyuldan 3 avgustga qadar bo‘lgan muddat mobaynida viloyat hududida 25 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, 26 nafar shaxs turli darajada tan jarohatlari oldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB brifingida ishtirok etgan Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan 5 ming 385 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklar aniqlandi. Bulardan, qo‘pol qoidabuzarliklar 1 ming 934 tani, jumladan, transport vositasini mast holda boshqarish 115 tani, belgilangan tezlikni oshirish qoidabuzarligi 755 tani, chorrahalardan va svetofordan o‘tish qoidasini buzish 16 tani, odam tashish qoidasini buzish 721 tani, telefondan foydalanish qoidasini buzish 26 tani va boshqa qoidabuzarliklar 438 tani tashkil etadi.
Shuningdek, 1 ming 496 ta xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik, 153 ta transport vositasini o‘t o‘chirish vositasi, jilet va dori-darmon qutisisiz boshqarish, 76 ta transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarish va 2 ta avtoulov oynasini qoraytirilgan holda boshqarish qoidabuzarliklari aniqlangan.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026