Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev topshirig‘i bilan Qirg‘izistondagi YTHda jabrlangan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi
Avval xabar qilinganidek, Qirg‘izistondagi Bishkek-Baliqchi trassasida yuz bergan yirik YTH tufayli O‘zbekiston fuqarolari ham jabrlandi.
Kun.uz manbasining xabar berishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining bortida tibbiy xodimlar bo‘lgan samolyotini Toshkentga tezkor jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lgan o‘n yoshli Igor Orlovni olib kelish uchun jo‘natish haqida buyruq berdi. Shuningdek, YTHda jabrlangan O‘zbekistonning yana besh nafar fuqarosi ham olib kelingan.
Qayd etilishicha, bugun soat 8:00 da samolyot Toshkent-Sharqiy aerodromiga qo‘ndi.
Avvalroq Issiqko‘l viloyatining Qizil O‘ruk qishlog‘ida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida jarohat olgan o‘zbekistonlik fuqarolar ro‘yxati Tashqi ishlar vazirligi saytida e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
15:48 / 13.06.2026
Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper” 7 yilga qamaldi
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
20:00 / 09.06.2026