23:25 / 05.08.2017
13882

Oliy liga. Ikki o‘yinda bir xil natija

O‘zbekiston chempionatining 16-turidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ulardan birida «Neftchi» o‘z uyida «Sho‘rtan»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 63-daqiqasida mehmonlar vakili Laziz Ubaydullayev hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi, biroq oradan ko‘p o‘tmay mezbonlar tarkibida zaxiradan maydonga tushirilgan Mo‘ydin Mamazulumov o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi va muvozanatni tikladi. Ushbu hisob o‘yin oxiriga qadar saqlanib qoldi. Natijada «Neftchi» Oliy Liga doirasida ketma-ket g‘alabasiz o‘yinlari soni 6taga yetdi.

Ikkinchi o‘yinda «Olmaliq» «Buxoro»ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. 35-daqiqada Igor Yyelich penaltini noaniq bajarib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqishni uddalay olmagan bo‘lsa, 70-daqiqada Ivan Nagayev mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq bahsning so‘nggida bosh hakam Ravshan Ermatov belgilagan yana bir penaltini bu safar Shota Grigalashvili aniq amalga oshirib, mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. 

Oliy liga, 16-tur

«Neftchi» – «Sho‘rtan» 1:1 (0:0)

Gollar: Mo‘ydin Mamazulumov (68) — Laziz Ubaydullayev (63). 
«Neftchi»: O‘tkir Yusupov, Doston Tursunov, Kamronbey Kapadze, Muzaffar Muzaffarov, Dilyorbek Ermatov, Abdurahmon Abdulhaqov, Abdujamol Isroilov, Ibrohim Rahimov, Mansur Saidov, Alisher Shog‘ulomov, Otabek Haydarov
«Sho‘rtan»: Alibek Turobov, Jamol Otaqulov, Hasanboy Ergashev, Igor Taran, Laziz Ubaydullayev, Eldor Boymatov, Sunnatilla Mamadaliyev, Dilshod Xushboqov, Abbos Omonov, Otabek Narzullayev, Ruslan Melziddinov

«Olmaliq» – «Buxoro» 1:1 (0:0)

Gol: Shota Grigalashvili (90, penalti) — Ivan Nagayev (70).
Noaniq penalti: Igor Yyelich (35, Olmaliq)
«Olmaliq»: Akbar To‘rayev, Dilshod Jo‘rayev (Shota Grigalashvili, 74), Shohnazar Norbekov (Viktor Klishin, 73), Kamoliddin Murzoyev, Shavkat Mullajonov, Islom Inomov, Zafar Polvonov, Rahmatullo Berdimurodov, Sanjar Rixsiboyev (Lutfulla To‘rayev, 75), Igor Yyelich, Vladislav Kosminin.

«Buxoro»: Akmal Tursunboyev, Bobur Omonov, Ivor Veytser (Alisher Sanoyev, 46), San'at Shixov, Artyom Filiposyan, Robbim Hasanov, Vladimir Bayenko, Alisher Samatov, Tohirjon Shamsiddinov, Ivan Nagayev (Azamat Allaniyozov, 76) Javohir Qahramonov (Ergash Ismoilov, 82).

Mavzuga oid
Top