Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samolyotni narkotik modda qabul qilganidan so‘ng boshqargan uchuvchi shartli jazoga loyiq topildi
Fransiyadagi sud EasyJet aviakompaniyasining 49 yoshli uchuvchisini shartli jazo muddatiga mahkum etdi. U samolyotni giyohvand modda iste'mol qilgan holda boshqargan, deb xabar bermoqda France Info.
Ta'kidlanishicha, sud uni 12 oyga shartli ravishda ozodlikdan mahkum etgan, biroq prokuror uchuvchisiga sakkiz oy so‘ragan. Shuningdek, ushbu shaxsga uchuvchilik bilan shug‘ullanish taqiqlandi.
Tergov ma'lumotiga ko‘ra, uchuvchi 2017 yilning mayida reysdan avval ekstrazi tabletkasining uchdan bir qismini qabul qilgan, natijada Parijning Orli aeroportiga qo‘nish chog‘ida u o‘zini yomon his qilgan.
Sud uchuvchini havo kemasi yo‘lovchilariga tahdid keltirib chiqarishda aybdor, deb topdi.
Sudlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, tabletka effekti uni qabul qilgandan ikki soat o‘tib yo‘q bo‘lib ketadi, deya hisoblagan ekan.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026