Mustaqillik bayrami arafasida Toshkentdagi tadbirlar davomida propiskasiz yashayotganlar jarimaga tortildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklar hamda favqulodda holatlarni oldini olish maqsadida Toshkent shahar IIBB 30 iyuldan boshlab «Tozalash-aksilterror» operatsiyasini o‘tkazib kelmoqda.
IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «Pasport-viza» tadbiri doirasida poytaxtda ko‘p qavatli uylardagi 96864 xonadon va xususiy sektorning 34380 uylari, shuningdek, 5452 muassasa va tashkilot tekshirilgan. 4479 nafar shaxsga nisbatan ma'muriy bayonnomalar tuzilgan, shulardan 4265 nafari — ro‘yxatdan o‘tmay yashayotganlar, 146 nafari — propiskasiz yashash uchun taqdim etilgan uy-joy egalari, 68 nafari — propiskasiz shaxslarga ish bergan shaxslardir.
Mavze va mahallalarda fuqarolar xavfsizligini ta'minlash va jamoat tartibini saqlash borasida jamoat vakillari bilan birgalikda olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida ko‘p qavatli uylarga qo‘shimcha 86ta videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.
«Tozalash-aksilterror» tadbiri davrida jami 56 nafar shaxs tibbiy muassasalarga joylashtirilgan bo‘lib, ulardan 21 nafari spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar, 14 nafari giyohvandlar va 21 nafarini tajovuzkor ruhiy kasallarni tashkil etdi.
Mavzuga oid

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

17:25 / 02.04.2025