Jahon | 23:37 / 06.08.2017
3200
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada jangarilarning cherkovga hujumi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

6 avgust ertalab niqobda bo‘lgan 5 kishi Nigeriyaning janubi-g‘arbidagi Osubulu shahrida joylashgan katolik cherkovga bostirib kirib, ibodatga yig‘ilganlarga o‘q uzgan.

AFP axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, buning oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi yaralangan. 

"Ayni vaqtda 12 kishining o‘limi tasdiqlangan, yana bir necha kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda", deb aytgan yaradorlar yetkazilgan shifoxona xodimi.

Biroq politsiyada bosqinchilar ko‘pchilik bo‘lgani haqidagi ma'lumot tasdiqlanmagan va bosqinchi bir kishi bo‘lgani aytilgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid