Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentlik haydovchi aeroportdan «Bunyodkor» metrosigacha 50 dollarga «siljigan»
Toshkentda yo‘lovchini aeroportdan Chilonzorgacha olib kelish evaziga aldov yo‘li bilan 3300 rubl olgan kishi ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida ma'lum qilindi.
«20 iyun kuni taxminan soat 14:00 larda Nizomov Nuriddin Kamolovich fuqaro Umirov Hojiakbar Hamidullayevichning ishonchiga kirib, unga 100 rubl evaziga o‘zining Nexia rusumli avtomashinasida aeroportdan Chilonzor tumanida joylashgan «Bunyodkor» metro bekatiga olib borib qo‘yishni va'da qilib, aytilgan manzilga kelganidan so‘ng Umarovga har bir bosib o‘tilgan kilometr uchun 100 rubldan to‘lanishini tushuntirib, aldov yo‘li bilan undan 3300 rubl qo‘lga kiritgan», — deyiladi xabarnomada.
Holat yuzasidan JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 14.06.2026
“GAI”dan takliflar, renovatsiya qonuni va qaytarib olingan zavod – hafta dayjesti
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
10:24 / 24.05.2026