Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada o‘zbekistonlik va tojikistonlik fuqarolar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi
Moskva shahridagi tungi klublardan birida O‘zbekiston va Tojikistondan bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Buning natijasida hodisa yuz bergan General Alekseyev ko‘chasiga bir necha tez tibbiy yordam mashinasi va Rossiya gvardiyasi xodimlari yetib bordi. Bu haqda "Komsomolskaya pravda" xabar qilmoqda.
- Hodisa joyiga bizning xodimlar yetib borganida, zalda uch yigit qonga belanib yotgandi, - deya aytib o‘tishdi Rosgvardiyaning Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmatidagilar. – Guvohlarning xabar berishicha, mojaroni keltirib chiqargan shaxslar “Opel” mashinasida voqea joyidan qochib ketishgan.
Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, ushbu avtomashina klubdan uncha uzoq bo‘lmagan yerda to‘xtatildi. U yerda to‘rt kishi o‘tirgan. Har birining qo‘lida pichoq bo‘lgan, salondan esa elektroshoker va to‘pponcha topilgan.
Jabrlanganlardan biri: 33 yoshli erkak klubning o‘zida hayotdan ko‘z yumgan. 27 va 23 yoshdagi yana ikki shaxs og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga olib ketildi – ularning qorniga pichoq bilan zarba berishgan.
- Barcha yetti kishi Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan shaxslar bo‘lib, o‘zaro mojaroga kirishishgan. Aftidan, ular klubdan tashqarida nimanidir bo‘lisha olishmagan. To‘pponchadan esa klubga kiraverishda o‘q uzilgan, - deya aytib o‘tishgan nashrga huquqni muhofaza qiluvchi idoradagi manba.
Mavzuga oid
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026