Jahon | 19:42 / 07.08.2017
3846
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon harbiylarga xitoy dronlaridan foydalanishni taqiqladi

Foto © DJI

Pentagon harbiylarga dunyodagi eng mashhur SZ DJI Technology Co Ltd kompaniyasi dronlaridan foydalanishni taqiqladi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, maxsus buyruq nafaqat DJI brendi ostida sotilgan barcha dronlardan voz kechishni, balki soft va yordamchi qurilmalarni to‘liq yo‘q qilishni ko‘zda tutadi. Ekspertlarning taxminlariga ko‘ra, ulardan foydalanish yuqori xavf manbai bo‘lishi mumkin. 

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, amerikalik harbiylar geolokatsiya ma'lumotlari, dronlarning dasturiy va qurilmaviy ta'minotlarini xavf manbai deb hisoblagan bo‘lishlari mumkin, zero ulardan to‘g‘ri foydalanilsa,  razvedka ma'lumotlarini yig‘ishda yordam berishi mumkin. 

SZ DJI Technology Co Ltd kompaniyasi vakillari AQSh armiyasining bunday bayonotidan taajjubga tushishdi va yaqin vaqt ichida Pentagon vakillari bilan Xitoyda ishlab chiqarilgan dronlarning xavfsizligi masalasini muhokama qilishmoqchi. 

Mavzuga oid