Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Ukrainaga qonuniy yo‘l bilan qaytmoqchi
Gurjistonning sobiq prezidenti, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukrainaga noqonuniy yo‘l bilan qaytmoqchi emas. U bu haqda 6 avgust kuni Varshava shahrida jurnalist bilan uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tgan.
«Men har doim ham sayohatda qulayliklarga ega bo‘lmayman. Lekin, sayohatga chiqish uchun mashina yukxonasi ta'bimga to‘g‘ri kelmaydi», - deya ta'kidlagan u.
Bu bilan Saakashvili Ukraina chegarasini belgilangan tartibga rioya qilgan holda kesib o‘tishiga sha'ma qilmoqda.
Siyosatchi ayni paytda qonunchilik bazasini o‘rganib chiqmoqda va tayyor bo‘lganida Ukrainaga qaytadi. «Hukumat millionlab ukrainlarning fikrini inkor eta olmaydi», - degan sobiq gubernator.
«Men Ukraina Yevropaning eng kuchli superqudratli davlatlaridan biri bo‘lib qolishini xohlayman va bu jarayonda ishtirok etaman», - deb fikr bildiradi Saakashvili. U Polshani dushanba kuni tark etishi rejalashtirgan bo‘lib, keyingi manzili qayer bo‘lishi noma'lum. Eslatib o‘tamiz, Ukrainada uning fuqaroligi bekor qilingan va Gruziyada ham bir necha jinoyatlar uchun unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.
Mavzuga oid
17:34 / 03.07.2026
Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi
14:55 / 03.07.2026
O‘zbekiston va Gurjiston munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
22:03 / 02.07.2026