21:32 / 07.08.2017
9314

Singapurda qorong‘ida yorishuvchi yo‘llar sinovdan o‘tkazilmoqda

Foto: © twitter.com/JagielloPawel

Singapur hamisha innovatsion texnologiyalar bilan mashhur bo‘lgan. Mahalliy hukumat aholi uchun maksimal qulay sharoitlar yaratishda davom etib, hozirda kunning qorong‘i vaqtida yaxshi ko‘rish uchun yorug‘lanuvchi yo‘llarni sinovdan o‘tkazmoqda, deb yozmoqda Life.

Uzunligi 400 metrlik yo‘l 4 ta seksiyaga bo‘lingan, uning har biri turli material: mayda shag‘al tosh, shag‘al va o‘t, g‘ovak beton va stronsiy alyuminatining yashil minerallari bilan qoplangan. Bu modda kunduzi quyosh energiyasini yutib, tungi vaqt yoqimli nur taratadi.

Hozirda Singapur hukumati qanday qoplama xavfsizroq va barqarorroq ekanini aniqlash maqsadida yo‘lni sinovdan o‘tkazmoqda. Hukumat agentliklari esa aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, uning natijalariga ko‘ra yo‘l qoplamasi uchun mos material tanlab olinadi.

Mavzuga oid
Top