Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchtepa tumanida shifoxonadagi o‘g‘rilik fosh etildi
2017 yilning 2 avgust kuni taxminan soat 10:30 larda Muqaddas Raxmatxonova Uchtepa tumanida joylashgan shifoxonaning muolaja xonasida bo‘la turib, shu yerda qarovsiz qoldirilgan fuqaro Olga Koltinovaga (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli sumkasi ichidan 1.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
09:02 / 05.06.2026
Maktab va shifoxonalarda energiya tejamkor loyihalar amalga oshiriladi
12:01 / 26.03.2026
1 apreldan shifoxonalar 5 kunlik ish tartibiga o‘tkaziladi
12:00 / 23.03.2026
Sudanda shifoxonaga hujum: o‘nlab qurbonlar
10:39 / 17.03.2026