Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
6 avgust kuni Toshkentda yuz bergan YTHda 6 inson jarohatlandi, 1 kishi vafot etdi
2017 yilning 6 avgust kuni Toshkent shahri hududida 4 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 6 nafar shaxs tan jarohati olgan, 1 nafar shaxs vafot etgan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.
2017 yilning 6 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2820 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 728 tasini qo‘pol turdagi, 31 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 06 avgust kuni jami 859 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 493 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 366 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.
Mavzuga oid
11:35
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
09:30
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026