Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada "Boko Xaram" jangarilari hujumida 30 dan ortiq odam qurbon bo‘ldi
Nigeriyaning "Boko Xaram" radikal guruhi jangarilarining mamlakat shimoli-sharqiga hujum qilishi oqibatida 31 nafar baliqchi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Agentlikka ko‘ra, qurollangan jangarilar Chad ko‘lidagi Duguri va Dabar Vanzam orollarida baliqchilarga hujum qilgan. Baliqchilardan birining aytishicha, jangarilar ikki guruhga bo‘lingan holda hujum qilishgan.
Harbiy hukumat Chad, Nigeriya, Niger va Kamerun tutashgan joyda joylashgan Chad ko‘lida baliq ovlashga ruxsat berganidan so‘ng 1 hafta o‘tgach hujum amalga oshirildi. Baliqchilikka taqiq esa, "Boko Xaram" ushbu sohadan tushgan foydani o‘z harbiy kampaniyasini moliyalashtirish uchun ishlatmoqda, degan xabarlardan so‘ng joriy qilgan edi.
Mavzuga oid
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
08:44 / 03.01.2026
Nigeriyada YTH: Entoni Joshuaning haydovchisiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
09:54 / 22.12.2025