Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya ota-onasi IShID tomonidan yollangan 48 bolani mamlakatga qaytarishga urinmoqda
Rossiya hukumati ota-onalari tomonidan Iroq va Suriyaga olib chiqib ketilgan bolalarni mamlakatga qaytarish harakatida. Ularning ota-onalari IShID terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan yollangan, deb xabar bermoqda RT telekanali.
Ta'kidlanishicha, gap 48 nafar voyaga yetmagan bola haqida bormoqda. Ular sud qaroriga ko‘ra vaqtinchalik boshpanalarda qolmoqda. Bolalarni vatanlariga qaytarish uchun, ularning onasi yoki otasi Rossiyadan ekanini isbotlash zarur.
Rossiya hukumati bolalarni Iroqdan qaytarish bo‘yicha iyul o‘rtalarida choralar ko‘rishni boshladi. Bu Mo‘sul shahri jangarilardan ozod etilgach, ro‘y berdi. Ayni damda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, Checheniston Respublikasi, Rossiya Federatsiyalar Kengashi vakillari bu borada muzokaralar o‘tkazayotgani aytildi.
Aniqlik kiritilishicha, bolalarning Iroqdan evakuatsiyasi ikki bosqichda o‘tkaziladi: avvaliga barcha bolalar Iordaniyaga olib chiqiladi, u yerdan esa Rossiyaga qarindoshlari oldiga yuboriladi.
Avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Moskva viloyatida IShID terrorchilik guruhining ikki tarafdorini qo‘lga olishgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:10
2026 yil iyuni Ukraina uchun eng og‘ir oylardan biri bo‘ldi - BMT
09:30
Saratov NQZdagi asosiy qurilma ishdan chiqdi - Reuters
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
20:36 / 09.07.2026