Jahon | 19:11 / 08.08.2017
9766
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 2021 yilda qurg‘oqchilik kuzatilishi mumkin

Turkiyada 2021 yilda qurg‘oqchilik kuzatilishi mumkin. Bu fikr bilan O‘rmon va suv ishlari vaziri Veysal Ero‘g‘li tomonidan bildirildi.

«Biz qurg‘oqchilik ko‘p kuzatiladigan hududlar bo‘yicha aniq hisoblash ishlarini olib borishimiz kerak. Odatda qurg‘oqchilik har yetti yilda yuzaga keladi: 1994, 2000, 2007 va 2014 yillar. Kelgusida bu 2020 yoki 2021 yillarda bo‘lishi mumkin», - deb ta'kidlagan vazir Melen suv ombori loyihasi bilan tanishib chiqish chog‘ida.

Mamlakatning shimol-g‘arbiy hududida bunyod etilayotgan Melen suv ombori katta imkoniyatlar va zaxiraga ega bo‘lishi kutilmoqda. «Ombordagi suv resurslari xo‘jaliklarni yiliga 1,7 milliard kubometr suv bilan ta'minlashga yetadi. Istanbul shahrining iste'moli aslida 1 milliard kubometr suvni tashkil etishini hisobga olsak, bu katta imkoniyatlar ombori bo‘ladi», - deb qo‘shimcha qilgan u.

Melen suv ombori qurilishi 2014 yilda boshlangan bo‘lib, 175 kundan keyin qurilish ishlari yakunlanishi belgilangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid