Sport | 19:20 / 08.08.2017
10029
1 daqiqa o‘qiladi

UYeFA YeChL-2020 finalini boshqa qit'ada o‘tkazmoqchi

Yevropa chempionlar Ligasining 2019/20 yilgi mavsum finali AQShda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, hal qiluvchi bahs Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tishi mumkin.

UYeFA Yevropa futboli chegaralarini kengaytirishni istamoqda va shu maqsadda yevrokuboklar finallarini boshqa mintaqalarda o‘tkazish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi finalga Kiyev mezbonlik qiladi, 2019 yilda bo‘lib o‘tadigan finalga esa Madrid («Vanda Metropolitano», «Atletiko»ning yangi stadioni) va Ozarboyjonning Boku shahri da'vogarlik qilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid