Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komilov Shveytsariyaning yangi tayinlangan elchisi bilan uchrashdi
2017 yilning 9 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Shveytsariya Konfederatsiyasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Olive Shavni qabul qildi.
Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Shveytsariya hamkorligining hozirgi holati, uni yanada mustahkamlashning istiqbollari, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi.
Uchrashuvda turli darajalarda ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish amaliyotini davom ettirish, o‘zaro savdoni oshirish, investitsion va moliyaviy hamkorlik hamda madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishdan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi.
Muzokaralarda Shveytsariyaning qonunchilik va boshqa masalalardagi tajribasini 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning bechta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish davomida qo‘llash istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.
Mavzuga oid
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
20:20 / 14.06.2026