Jahon | 19:03 / 09.08.2017
9467
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp: AQShning yadroviy arsenali har qachongidan-da qudratli

Foto: EPA

AQSh prezidenti Donald Tramp bugunga kelib AQShning yadroviy arsenali har qachongidan-da kuchli ekanini ma'lum qildi. U o‘zining Twitter sahifasi orqali shu xabar bilan bo‘lishdi. 

"Mening prezident sifatidagi birinchi farmonim yadroviy arsenalni yangilash va modernizatsiyalash bo‘ldi. Bugunga kelib, u avvalgiga nisbatan ancha kuchli va qudratlidir", - deb yozadi Tramp. 

Amerika prezidenti shuningdek bu arsenaldan hech qachon foydalanishga to‘g‘ri kelmasligiga umid bildirgan. "Umid qilamanki, hech qachon bu kuchni ishga solishimizga to‘g‘ri kelmaydi, biroq biz dunyodagi eng qudratli davlat hisoblanmaydigan vaqt hech qachon kelmaydi!", - qo‘shimcha qiladi Tramp. 

Stokholm Jahon muammolari xalqaro tadqiqot instituti (SJMXTI) hisobotiga ko‘ra, mamlakatlarning yadroviy salohiyati quyidagicha ko‘rinish olgan: Rossiya - 7 ming yadroviy kallak, AQSh - 6,8 ming, Fransiya - 300, Xitoy - 270, Buyuk Britaniya - 215, Hindiston - 100-300, Pokiston - 100-140, Isroil - 80. KXDRda esa 10-20 yadroviy kallakka egaligi taxmin qilingan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid