Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dembele «Borussiya» bazasiga kelmadi. U qayerdaligi noma'lum
Dortmundning «Borussiya» jamoasi bosh murabbiyi Peter Bosh matbuot anjumanida ma'lum qildiki, jamoa hujumchisi Usmon Dembele bugungi mashg‘ulotlarga kelmagan.
«Dembele bugungi mashg‘ulotlarda qatnashmadi. Biz u bilan bog‘lanishga harakat qildik, ammo befoyda bo‘ldi. Umid qilamizki, biron ko‘ngilsizlik ro‘y bermagan», – degan murabbiy.
Ushbu 20 yoshli fransuzni «Barselona» sotib olmoqchi va 100 mln yevro taklif qilmoqda. Nemislar klubi esa uning transferi uchun 150 million yevro talab etmoqda.
Biroz oldinroq «Real» ushbu futbolchi uchun kurashga qo‘shilgani haqida xabar paydo bo‘lgandi.