Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Rossiya HKK samolyoti Oq uy ustidan nega uchib o‘tganini tushuntirib berdi
Rossiyaga qarashli Tu-154 harbiy samolyotining Oq uy, Pentagon, Kapitoliy va Amerikadagi boshqa obektlar ustidan parvozi Ochiq osmon to‘g‘risidagi kelishuv doirasida o‘tkazildi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi vakili aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Politico.
«Bunday missiyalar deyarli doimiy asosda o‘tkaziladi», - degan Pentagon vakili.
Uning qo‘shimcha qilishicha, rossiyalik kuzatuvchilar 72 soat avval tegishli so‘rov bilan chiqishgan, Tu-154 bortida esa AQSh harbiy-havo kuchlari vakili bo‘lgan.
«Ular odatda kelib, qayerlar ustidan parvoz qilishni istashlari yozilgan ro‘yxatni taklif etishadi. Biz parvoz rejasini yig‘amiz, hamda xavfsizlik yoki ob-havo sharoitiga bog‘liq bo‘lgan ba'zi istisnolardan tashqari – ular deyarli har doim o‘sha hududlar ustidan parvoz qilishadi», - deya ta'kidlab o‘tishgan AQSh harbiy mahkamasidan.
Avvalroq OAV Rossiya harbiy samolyoti Oq uy va Pentagon ustidan uchib o‘tganini xabar bergandi.
Mavzuga oid
21:33
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
20:40
Mers: Urush Rossiya iqtisodiy va harbiy jihatdan holdan toygandagina tugaydi
13:54
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
11:33