Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiya harbiy samolyoti Oq uy va Pentagon ustidan uchib o‘tdi
Foto: CNN
Rossiya harbiy samolyoti AQSh bilan Ochiq osmon kelishuvi doirasida kelishilgan parvozni amalga oshirib, 9 avgustda Kapitoliy, Pentagon, Oq uy va prezidentning boshqa qarorgohlari hamda Vashington yaqinidagi maxfiy hukumat bunkeri ustidan uchib o‘tdi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Rossiya mudofaa vazirligi avvalroq rossiyalik inspektorlar 7-12 avgust kunlari Ogayo shtatidagi Rayt-Patterson aerodromidan AQSh hududi bo‘ylab kuzatuv parvozi bajarishlarini ma'lum qilgandi. Parvozlar Rossiyaning Tu-154M Lk-1 kuzatuv samolyotida 4,9 ming km gacha (AQShning butun hududini qamrab oladi), AQSh bilan kelishilgan yo‘nalish bo‘yicha bajariladi. Amerikalik mutaxassislar samolyot bortida kuzatuv qurilmalarining qo‘llanishi tartibini va kelishuv bandlariga amal qilinishini nazorat qiladilar.
Telekanalning ma'lum qilishicha, kuzatuv samolyoti Kapitoliy, Pentagon, MRBning bosh qarorgohi va AQSh prezidenti samolyoti turadigan Endryus aviabazasi ustidan 1,1 ming metrdan ziyodroq balandlikda uchib o‘tgan. CNN ma'lumotlariga ko‘ra, samolyotga Oq uy atrofidagi o‘ta maxfiy havo hududiga kirishga ruxsat berilgan.
Bundan tashqari, samolyot 9 avgustda hozirda AQSh prezidenti Donald Tramp dam olayotgan Bedminster shahri va Trampning Virjiniyadagi golf-klubi, prezidentning Kemp-Devid qarorgohi va Vashington yaqinidagi Maunt-Uezer hukumat bunker ustidan ham uchib o‘tgan.
Pentagonning tegishli bo‘limida CNN’ga parvoz tugamaguncha kuzatuv obektlari aytila olmasligi aytilgan. Shu ma'lum qilinganki, kelishuv amalda bo‘lgan 15 yil ichida bunday parvozlardan 1,2 mingtaga yaqin amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026
AQSh Rossiyaning “yashirin floti”ga tegishli beshinchi tankerni qo‘lga oldi
13:13 / 10.01.2026