Jamiyat | 08:58 / 11.08.2017
7461
4 daqiqa o‘qiladi

Sobiq Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi haqiqiy a'zolari eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdorida oylik gonorar oladi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 10 avgustda “Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a'zolari va muxbir a'zolarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, 2017 yil 1 avgustdan boshlab sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a'zolari uchun eng kam oylik ish haqining o‘n barobari miqdorida, muxbir a'zolari uchun esa - eng kam oylik ish haqining yetti barobari miqdorida oylik gonorar to‘lanadi;

sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a'zolari va muxbir a'zolari uchun to‘lanadigan oylik gonorarlar jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad solig‘isiz amalga oshiriladi.

sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a'zolari va muxbir a'zolari bir nafar kuzatuvchi shaxs bilan birga bir yilda bir marta o‘zlari uchun maqbul bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining sanatoriy- sog‘lomlashtirish muassasalarida hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “O‘zbekiston” kurort-sog‘lomlashtirish aksiyadorlik jamiyatining sanatoriylarida sog‘lomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga egalar;

sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a'zolari, muxbir a'zolari va bir nafar kuzatuvchi shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi (Rossiya Federatsiyasi) “O‘zbekiston” kurort-sog‘lomlashtirish aksiyadorlik jamiyatining sanatoriylariga yo‘llanmalar qiymati O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda sobiq O‘zbekiston Qishlok xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a'zolari va muxbir a'zolarini fan-ta'lim va ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb etish, fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishda, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ularning rolini kuchaytirish yuzasidan;

sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a'zolari va muxbir a'zolarining fan-ta'lim muassasalarida va sanoat korxonalarida samarali ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjyeti parametrlarida ijtimoiy soha uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida mazkur Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni ajratadi, 2018 yildan boshlab esa ushbu mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti parametrlarida nazarda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-1693-sonli Farmonining 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid