Prezident Şavkat Mirziyoyev yer resurslaridan yanada samarali foydalanişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Erişilgan yutuqlar

Sönggi beş yilda Özbekistonda yer munosabatlarini isloh qiliş borasida tizimli işlar amalga oşirildi. Xususan, yer ajratiş vakolati hokimlardan olinib, yer uçastkalarini auksion orqali realizatsiya qiliş tartibi joriy etildi. Şu davrda 616,3 ming gektar yer auksion orqali ajratildi, budjetga 1,4 trillion söm tuşum ta’minlandi.

Eng muhimi, yerning haqiqiy egasi paydo bölişi natijasida har bir gektardan olinayotgan daromad 3 karra oşib, 50-60 million sömga yetgan. Bugun uşbu yerlarda har yili 539 trillion sömlik mahsulot yetiştirilib, 2,1 milliard dollarlik eksport amalga oşirilmoqda.

Şu bilan birga, sohada hal etilişi lozim bölgan qator masalalar ham borligi körsatib ötildi.

Nima ekişni fermer özi belgilaydigan tartib kengaytiriladi

Yerlar auksion orqali ajratilayotgan bölsa-da, ijaraçilarning undan foydalanişdagi mustaqilligi hali yetarli emas. Şu sababli 117,6 ming gektar yer hozirgaça sotilmasdan turibdi.

Şu bois, qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarni ijaraga berişning yangi tizimini qöllaş, joriy yilda yana 100 ming gektar yerni yangi tartib asosida auksionga çiqariş rejalaştirilgan. Bu borada, ayniqsa, yerdan foydalanişda iqtisodiy rağbatlarni kuçaytirişga alohida e’tibor qaratiladi.

Ötgan yili vodiy viloyatlari, Jizzax, Toşkent viloyatlari va Qoraqalpoğistonda sotilgan yerlarda ekinlarni mustaqil joylaştiriş böyiça joriy etilgan tajriba yaxşi samara bergani ta’kidlandi. Xususan, 2025 yilda 20 ming gektar yerning 16 ming gektarida tadbirkorlar özlari tanlagan yuqori daromadli va eksportbop ekinlarni ekib, 150 million dollarlik eksport uçun zamin yaratgan. Endi uşbu tajribani kengaytiriş, yerdan foydalanuvçilarga yanada köproq iqtisodiy erkinlik beriş muhimligi qayd etildi.

Plantatsiya va çorvaçilik uçun – 500 gektargaça yer uçastkalari