Jahon | 08:56 / 11.08.2017
12290
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: AQSh sayyoradagi yadro quroliga ega eng kuchli davlat

Qo‘shma Shtatlar to boshqa davlatlar yadro qurolini yo‘qotmaguncha, “Yerdagi yadro quroliga ega eng kuchli davlat” bo‘lib qoladi. Bu haqda Amerika rahbari Donald Tramp ma'lum qildi.

«Men butun dunyoda yadro qurolsizlantirishni amalga oshirmoqchiman. Men Rossiya, AQSh, Xitoy va Pokiston hamda yadro quroliga ega ko‘plab boshqa davlatlar undan voz kechishlarini istardim. Biroq ular buni qilmas ekan, biz Yerdagi yadro quroliga ega eng kuchli davlat bo‘lib qolamiz», - degan Tramp.

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, u birinchi navbatda AQSh generallariga mamlakat yadro arsenalini «dunyodagi eng katta va eng yaxshi» qilish haqida topshiriq bergan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp bugunga kelib AQShning yadroviy arsenali har qachongidan-da kuchli ekanini ma'lum qilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid