O‘zbekiston | 12:58 / 12.08.2017
23831
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi mahbuslarga yaqinlari bilan videomuloqot qilishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonning axloq-tuzatish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotganlarga oila a'zolari bilan videomuloqot o‘tkazishga ruxsat beriladi. O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan «Ichki ishlar idoralarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarni o‘tash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi qarorda shu haqda so‘z boradi.

Qarordan kelib chiqadigan vazifalar Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga bosqichma-bosqich tarzda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan ta'minlanadi. 

IIV joriy yil 1 dekabrgacha jazoni o‘tash muassasalarida axborot taxtalari va boshqa texnik vositalar bilan tanishish, O‘zbekistonda avf etish masalalariga oydinlik kirituvchi ma'lumotlarni joylashtirishi kerak. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid