20:17 / 13.08.2017
8459

Hindistonda kamida 60 bola vafot etgan shifoxona rahbari ishdan chetlatildi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtati hukumati kislorod yetishmovchiligi tufayli kamida 60 nafar bola halok bo‘lgan davlat shifoxonasi rahbarini ishdan chetlatdi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, BRD Medical College davlat shifoxonasi rahbari Radjiv Misrani chetlatish to‘g‘risidagi qaror shanba kuni kechqurun qabul qilingan. Hukumat shuningdek tibbiyot muassasasiga kislorod yetkazishga doir shartnomalarni tuzish fakti bo‘yicha tergov o‘tkazishga qaror qilgan.

Shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan bemorlarning aksariyati yangi tug‘ilgan va ensefalit bilan kasallangan bolalar bo‘lgan. O‘lim holatlarining barchasi besh kun ichida Gorakxpur tumanidagi Baba Ragxav shifoxonasida qayd etilgan. Ularning o‘ttiztasi payshanba va juma kunlarida ro‘y bergan. Mahalliy OAVga ko‘ra, shifoxonada vahima ko‘tarilgan, bolalarning qarindoshlari tibbiyot xodimlariga sun'iy nafas tizimini qo‘lda boshqarishga yordamlashishgan. 

Shtat sog‘liqni saqlash vaziri Sirxartx Natx Singx ommaviy o‘lim holatlari kislorod yetishmovchiligidan kelib chiqqanini inkor qilgan. So‘nggi uch yilda shifoxonada kuniga 19-22 o‘lim holati kuzatilmoqda, dedi u. U gap aynan bolalar haqida ketayaptimi yoki yo‘q, aniqlik kiritmagan. 

Shifoxona bayonotida esa "kislorod bosimi pasaygani" qayd etilgan.

Top