Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makgregor Meyuezer bilan jangdan keyin ham boks bilan shug‘ullanmoqchi
Foto: MMA Weekly
Mutlaq jangchilik chempionati (UFC) chempioni Konor Makgregor amerikalik bokschi Floyd Meyuezer bilan o‘tkazadigan boks jangidan keyin ham bokschilik faoliyatini davom ettirmoqchi. Bu haqda Boxingscene portali xabar bermoqda.
Makgregor va Meyuezer o‘rtasidagi jang 26 avgust kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
“Menga boks sporti juda yoqadi, u hamisha qalbim ardog‘ida bo‘lgan. Kelajakda men boks janglarida, shuningdek aralash yakkakurashda ham ishtirok etishni rejalashtirmoqdaman”, deb aytgan jangchi.
Irlandiyalik sportchi hisobida 24 ta jangdan 21 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat bor. U UFC’dagi ilk chempionlik unvonini 2015 yilda qo‘lga kiritgan. Konor 2016 yil 20 avgustda Neyt Diasga qarshi jangi uchun tashkilot tarixidagi rekord gonorar – 3 mln dollarga yaqin pul olgan.
40 yoshli Meyuezer esa barcha davrlarning eng katta haq oluvchi bokschisi hisoblanadi. U professional ringda 49 ta g‘alabani qo‘lga kiritib, biror marta yutqazmagan. U 5 ta vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan. U shuningdek 1996 yilgi Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi hisoblanadi. Floyd 2015 yil 2 mayda yana bir superbokschi, filippinlik Menni Pakyaoga qarshi jangi uchun boks tarixidagi eng katta gonorar – 210 mln dollar olgan.
Mavzuga oid
20:13 / 29.12.2025
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uchradi
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
19:34 / 28.11.2025