Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmlik o‘quvchilar Pekinda o‘tadigan xalqaro bolalar tadbirida ishtirok etadi
2017 yilning 20-25 avgust kunlari Xitoyning Pekin shahrida “Badiiy namoyishlar sohasida ShHT o‘smirlar avlodining o‘zaro hamkorligi” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tadi. Kuni kecha Xorazm viloyatidan 5 nafar musiqa maktabi o‘quvchisi ushbu tadbirda qatnashish uchun tayyorgarlikdan o‘tish maqsadida Toshkentga keldi.
Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, mazkur iqtidorli o‘quvchilarni Xorazm viloyati hokimi Po‘lat Bobojonovning shaxsan o‘zi kuzatib qo‘ygan va ularga planshet sovg‘a qilgan.

Prezident maslahatchisi Q.Quranbayevning tashabbusi bilan yuborilayotgan o‘quvchilarga pasport berilgan va ularning viza hujjatlari tayyorlab berilgan. ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur o‘quvchilar 20 avgust kuni Pekinga uchib ketishadi.

Mavzuga oid
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026