08:39 / 15.08.2017
17396

Bill Geyts 2000 yildan beri eng yirik xayriyani amalga oshirdi

Foto: AP

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts 2000 yildan beri eng yirik xayriyani amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Bloomberg qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha federal komissiya ma'lumotlariga asosan.

Ta'kidlanishicha, xayriya qilingan pullar miqdori 4,6 milliard dollarni tashkil etgan. Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, amerikalik milliarder o‘z kompaniyasi aksiyalarining qariyb 5 foizini 6 iyun kuni xayriya qilgan.

Shu bilan birga, xayriya mablag‘larini kim olgani noma'lum.

Aniqlik kiritilishicha, tadbirkor asosiy xayriyalarini rafiqasi Melinda bilan birgalikda tashkil etgan jamg‘arma hisob raqamlariga o‘tkazadi.

Avvalroq Bill Geyts Instagram’da ro‘yxatdan o‘tib, ilk suratini Tanzaniyadan e'lon qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top