19:10 / 15.08.2017
22610

Foto: Yevropaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

UYeFA Yevropada 2016/17 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da'vogarlar ro‘yxatini e'lon qildi.

Yakuniy uchlik «Yuventus» darvozaboni Janluiji Buffon, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Real» to‘purari Krishtianu Ronaldudan iborat.

Sovrinni topshirish marosimi 24 avgust kuni Monakoda o‘tkaziladi.

Short-list o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida ishtirok etgan jamoalarning murabbiylari (80 nafar murabbiy) va Yevropa sport nashrlari assotsiatsiyasi tarkibidagi 55 nafar jurnalist, shuningdek, UYeFA milliy assotsiatsiyasi vakillari tomonidan ovoz berish orqali aniqlangan. Murabbiylar o‘z futbolchisiga ovoz berishi mumkin bo‘lmagan.

Top-10da bo‘lgan boshqa futbolchilar:
4: Luka Modrich («Real») 
5: Toni Kroos («Real») 
6: Paulo Dibala («Yuventus») 
7: Serxio Ramos («Real») 
8: Kilian Mbappe («Monako») 
9: Robert Levandovski («Bavariya») 
10: Zlatan Ibrahimovich («Manchester Yunayted»).

Mavzuga oid
Top