Jahon | 07:34 / 15.08.2017
8585
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro Trampning tahdidlaridan so‘ng harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishga ko‘rsatma berdi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 14 avgustda butun mamlakat bo‘ylab harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi qarorini e'lon qildi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentiligi xabar bermoqda.     

“26 avgustdan 27 avgustgacha butun mamlakat bo‘ylab mudofaa bo‘yicha milliy harbiy mashg‘ulotlar o‘tadi», deb aytgan Maduro Karakasda tarafdorlari oldidagi nutqida.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Venesueladagi inqirozni hal qilishning turli variantlarini, jumladan qurolli kuchlar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid