Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda politsiya va ko‘ngillilar bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik fuqaroni qidirmoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida 3 avgust kuni o‘zbekistonlik fuqaro bedarak yo‘qoldi. U AQShga o‘z qarindoshlarini ko‘rish uchun kelgandi, deb yozmoqda 1news.uz.
1958 yilda tug‘ilgan Sobir Ahmedov Toshkentdan Nyu-Yorkka Ohayoda yashovchi qarindoshlarini ko‘rish uchun uchib kelgan. Ahmedovning qizi iltimosiga ko‘ra, uni aeroportda taksi haydovchisi kutib olgan va Chayna-Taundagi avtobus bekatiga olib borib qo‘ygan. Bu yerdan Sobir Ahmedov avtobusda Ohayodagi qarindoshlari oldiga jo‘nab ketishi lozim bo‘lgan.
Ahmedov avtobusga chipta xarid qilganidan so‘ng, taksichi ketgan, Ahmedov esa bekatda o‘zbekistonlik yana bir fuqaro bilan qolgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, Sobir Ahmedov avtobus bekatidan aylanib kelish maqsadida chiqqan va ortga qaytib kelmagan.
Bu haqda Ohayoga yo‘l olayotgan o‘zbekistonlik yana bir erkak darhol xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Ahmedov Nyu-Yorkda rasmiy qidiruvga berildi, politsiya uni qidirmoqda.
O‘zbekistonlik ko‘ngillilar guruhi esa kuni kecha Chayna-Taunga borib, ushbu erkak bedarak yo‘qolgani yozilgan e'lonlarni osib chiqishgan.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026