Jahon | 22:46 / 15.08.2017
4633
1 daqiqa o‘qiladi

Stokholmdagi otishmada bir kishi halok bo‘ldi

Foto: URBAN ANDERSSON

Stokholm janubida noma'lum shaxs tomonidan o‘q uzildi. Natijada ikki kishi jarohat oldi, keyinroq ulardan birining joni uzildi. Aftonbladet mahalliy politsiyaga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

Guvohlarning ta'kidlashicha, o‘q avtomat quroldan ochilgan. Otishma haqidagi xabar politsiyaga kelib tushganidan keyin voqea joyiga huquq-tartibot va tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelishgan. Voqea joyida ikki kishi yaralangan bo‘lgan. O‘q ochgan jinoyatchi Toyota mashinasida qochib qolgan. 

Nashrga ko‘ra, ikki jabrlanuvchi ham taxminan jinoiy tuzilmalarga aloqador bo‘lgan. Politsiyada ma'lum qilinishicha, tergov doirasida bir necha kishi so‘roq qilingan, biroq hozircha hech kim hibsga olinmagan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid