Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston delegatsiyasi Ostonada elchixona qurilishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining vazir o‘rinbosari Saidikram Niyozxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiyasi 15 avgustda Ostonada muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Galimjan Koyshibayev va vazirlikning mas'ul kotibi Anarbek Karashev bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Tomonlar O‘zbekiston rahbariyati topshirig‘i bilan Ostonada O‘zbekiston elchixonasi qurilishi bilan bog‘liq dolzarb masalalarni hamda elchixonaning Olmaotadagi hozirgi binosida bosh konsullik ochilishini muhokama qilishdi.
Bu mavzu, shuningdek, Qozog‘iston investitsiya va rivojlanish vazirligining qurilish va uy-kommunal xo‘jaligi ishlari qo‘mitasi, ichki ishlar vazirligining migratsiya ishlari qo‘mitasi va Ostona hokimiyatida muhokama qilingan.
O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, Ostonada o‘tayotgan EXPO-2017 xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston ekspozitsiyasi bilan tanishgan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026