Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Janubiy Koreyada Patriot raketalarga qarshi qurilmalarini joylashtirdi
AQSh Janubiy Koreyada Patriot raketalarga qarshi takomillashtirilgan majmualarini joylashtirdi. Bu KXDRning tahdidlariga javob choralari sifatida amalga oshirildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Ta'kidlanishicha, AQSh havo mudofaasi qo‘shinlarining Janubiy Koreyadagi 35-brigadasi takomillashtirilgan raketalarga qarshi mudofaa majmuasini o‘rganish va keyinchalik qo‘llash maqsadida oldi.
Brigada hozirda Osan, Suvon, Kunsan, Kvanjuda 12 ta PAC-2 hamda PAC-3 zenit-raketa qurilmalariga egadir. Shu bilan birga, PAC-2 to‘rtta raketa bilan “o‘qlangan” bo‘lsa, PAC-3 – 16 raketaga ega.
Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Koreya yarim orolida yangi urushga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026