Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livanda nomusga tekkanlik uchun jazo o‘rniga o‘z qurboniga uylanishga ijozat beruvchi qonun bekor qilindi
Livan parlamenti 16 avgustda mamlakat jinoyat kodeksining 522-moddasini bekor qildi. U o‘z qurbonlariga uylangan nomusga teguvchilarni jazodan ozod etgan.
Qonunning bekor qilinishiga bir necha yil davom etgan jamoat kampaniyasi sabab bo‘lgan. 2016 yil dekabrda bu moddaning bekor qilinishini adliya bo‘yicha parlament qo‘mitasi ma'qullagandi.
“Bi-bi-si”ning mahalliy faollarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, agar erkak 15-18 yoshli qizni unga uylanish bilan aldab nomusiga tekkan bo‘lsa, qonun amal qilishda davom etmoqda.
Joriy yilda shunday qonunlar Tunis va Iordaniyada bekor qilingandi.
Iordaniyada zo‘ravonning jabrlanuvchiga uylanishi taqiqlab qo‘yildi
Yaqin Sharqda bunday qonunlarni qo‘llab-quvvatlovchi konservativ odamlar ushbu qonun nomusi bulg‘alangan ayol va uning oilasi sha'nini saqlab qoladi, deb hisoblashadi.
Ushbu moddaga o‘xshash moddalar Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning bir qator davlatlarida, jumladan Iroq, Suriya, Liviya va Jazoirda amal qiladi. G‘arbiy Yevropaning ba'zi davlatlarida, jumladan Fransiya va Italiyada bunday qonunlar 20-asrning oxirgi chorak davridagina bekor qilingan.
Mavzuga oid
16:16 / 11.04.2026
Isroil yana “Hizbulloh” bilan urushyapti. Maqsad nima?
09:01 / 11.04.2026
AQShdagi Livan va Isroil elchilari telefon orqali gaplashdi
23:15 / 09.04.2026
Isroil Livan bilan muzokaralar boshlashini e’lon qildi
20:59 / 09.04.2026