Yakkaboğ tumanida 4 nafar yigit 14 yoşli qizni zörlaganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Nemolchi.uz xabar berdi.

IIV matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov Nemolchi.uz söroviga javoban holatni tasdiqlagan. Unga köra, 7 iyun kuni Yakkaboğ tumanida 20, 21, 22, 23 yoşli 4 nafar yigit 14 yoşli qizni Damas maşinasiga mindirib, dalaga olib borişgan va zörlaşgan. 

Yakkaboğ tumani IIB huzuridagi tergov-tezkor guruhi voqea joyini közdan keçirib, iş uçun ahamiyatli bölgan aşyo va dalillarni olib qöygan. Sudga oid tibbiy, biologik va psixologik ekspertizalar tayinlangan.

Holat yuzasidan 8 iyun kuni Yakkaboğ tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Jinoyat işi 29 iyun kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 3-qismi “a” bandiga qayta malakalangan. Gumondorlar Ş.X.,  D.H., O.N. va D.A. protsessual tartibda uşlangan.

Mazkur jinoyat işi Tergov departamenti tomonidan nazoratga olingani hamda barça aybdor şaxslarga qonuniy çora körilişi ta’minlanişi bildirilgan.

Avvalroq Namanganda 6-sinf öquvçisiga jinsiy zöravonlik qilgan öqituvçi qamoqqa olingandi.