Özbekiston lotin alifbosida qolgani yaxşimi yoki kirill alifbosiga qaytiş kerakmi? Ayni vaqtda özbekistonliklar şu mavzuni keng muhokama qilmoqda. Lotin alifbosi tarafdorlaridan yana biri Otabek Umarov feysbukdagi sahifasida kirill alifbosiga qaytiş yoqlab çiqilgan maqolaga raddiya yozdi.
Yana Japaqovga
Mirzabek Japaqovning «Arosatda qolgan lotin yozuvimi yoki muammosiz kirill» sarlavhali maqolasi sharh.uz saytida e'lon qilingaç, bu maqolada keltirilgan iddaolarning asossizligi, faktlarni va voqelikni buzib körsatilişi bir qator jurnalistlar hamda tilşunoslar tomonidan bildirilgan örinli tanqidlarga uçradi.
Biroq Mirzabek Japaqov bu tanqidlardan tegişli xulosa çiqarmagan va oldingi maqolasida keltirilgan iddaolariga munosib javob berilgan maqolalarni yetarli darajada e'tibor bilan öqib çiqmagan şekilli, öşa saytda yuzaki qaraş hamda muallifning öta sub'yektiv öylariga, asoslab berilmagan gaplarga töla yana bitta maqolasini e'lon qilibdi va unga «Aççiq haqiqat yoki böğzimizgaça berilgan zarba» deya balandparvoz sarlavha qöydi. Bu bilan muallif yozganlari öziga xos uslubda nomlangan tilşunos Eldar Asanovning «Birinçi zarbada tizzalarigaça, ikkinçi zarbada bellarigaça» maqolasiga javob ekanligini bildirmoqçi böldi. Biroq Japaqov yozganlarini öqib çiqsangiz, na Eldar Asanovning maqolani nomlaş uslubini köçirişni, na tuzuk bir raddiya yozişni eplagamaganini köramiz. Çunki, Mirzabek Japaqov uşbu maqolasiga qançalik balandparvoz nom bermasin, yozganlarining mazmuni bunday nomga arzimagani yaqqol körinib turadi. Muallif oldingi maqolasida aytgan «yer va er», «yel va el» töğrisidagi gapni yana takrorladi, qaysidir havaskor yoş şoira şundoq yozganmiş va bunda lotin yozuvi aybdormiş.
Qiziq savol tuğiladi: lotin yozuvida öqigan odam heç «er»ni «yer», «el»ni «yel» deb yozadimi? Yöq, albatta. Şunçaki, lotinda öqigan öşa qiz kirillçada yozganda şunday xatoga yöl qöygan. Bu esa yana bir savolni örtaga taşlaydi: nega u kirillça yozgan? Qayerda yozgan? Harqalay, öz daftarçasida yozsa, özi savod çiqargan lotin yozuvida yozadi, gazeta-jurnallarda ham bunday jiddiy xato ketmasa kerak. Unda kim uni kirillça yozişga majbur etdi? Yoki siz baho berişingiz uçun sizga tuşunarli kirillçada yozdimi, Mirzabek Japaqov? Huquqşunos, jurnalist ekaningizni bilamiz, biroq şoir ekanligingizni bilmabmiz. Hayotingizdan misol keltirsangiz, batafsilroq yozing, iltimos, - odamlarni çalkaştirişga urinmang. Yozgan yana bir gapingizni öqib hayron böldim:
















