Qizil sayyorada sirli suv ombori topildi

Foto: NASA
AQShdagi Jon Hopkins universiteti olimlar guruhi Mars sayyorasi sirtida — ekvatori yaqinida muz shaklidagi katta suv zaxirasi borligini aniqlashgan. Ular bunday xulosaga Mars Odyssey orbital apparatidan olingan ma'lumotlarni tahlil qilib bo‘lishganidan so‘ng kelishgan. Lekin Qizil sayyora iqlimi hisobga olinadigan bo‘lsa, sayyoraning bu hududida suv topilishi amri mahol. Bu haqda ScienceAlert nashri maqola e'lon qilgan.
Mars Odyssey Mars sirtidan 4 ming kilometr balandlikda joylashganligi sababli u sayyora gruntidagi suv miqdorini bevosita aniqlay olmaydi. Biroq u kosmik nurlarning suv tarkibiga kiruvchi vodorod bilan to‘qnashuvidan so‘ng paydo bo‘ladigan neytronlarni qayd eta oladi. Bu hodisa 2002 yildayoq Qizil sayyorada suv borligini aniqlashda qo‘l kelgan, lekin o‘shanda sayyoraning qutblari tilga olingan edi. Shu paytgacha ekvatorda suv tezda bug‘lanib ketadi, deb hisoblab kelinayotgan edi.
Apparat ma'lumotlariga ko‘ra suv zaxiralarining xaritasi yaratilishiga imkon bergan yangi statik uslublar yordamida muzlar sayyoraning issiqroq hududlarida ham mavjudligi aniqlandi. Olimlarning fikriga ko‘ra, bunday g‘ayrioddiy natijalar kelib chiqishi Marsning o‘qi bir necha million yillar muqaddam boshqa burchak ostida joylashgani va ekvatorda ko‘plab miqdorda suv yig‘ilib qolgani bilan tushuntirildi. Biroq muzga aylangan suv qandaydir sabab bilan o‘z holatini o‘zgarmasdan saqlanib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
-
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
Jahon | 01:03
-
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi
Jahon | 00:31
Mavzuga oid

01:03
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin

18:41 / 25.03.2025
Marsda rekord darajada uzun organik molekulalar topildi

17:33 / 25.03.2025
Xitoy Marsda nafas olish imkonini beruvchi texnologiyani yaratdi

18:03 / 15.03.2025