Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meyvezer Makgregorga qarshi jangidan keyin faoliyatini yakunlashga va'da berdi
Amerikalik mashhur bokschi Floyd Meyvezer o‘z jamoasi va farzandlariga UFC chempioni Konor Makgregorga qarshi jangidan keyin faoliyatini davom ettirmaslikka so‘z berdi. Bu haqda RT xabar bermoqda.
“Bu mening oxirgi jangim. Men jamoam va farzandlarimga Makgregor bilan jangdan keyin boshqa ringga ko‘tarilmaslikka so‘z berdim. Men va'damda turaman va uni buzmayman. Menda ko‘p ishlar paydo bo‘ldi, farzandlarim kollejga borishadi va bu ko‘p vaqt oladi, chunki ta'lim mening oilamda muhim ahamiyatga ega.
Men 10, 5 yoki 2 yil avvalgi Floyd Meyvezer emasman, men 21 yoshdamasman. Biroq men hamon ringda xavfliman. Men ringga ko‘tariladigan ko‘p hollarda menga tajribam yordam beradi, chunki men ko‘plab eng yuqori darajadagi janglar o‘tkazganman”, deb aytgan 40 yoshli bokschi.
Avvalroq bokschi agar Makgregor jang vaqtida unga oyoq bilan zarba bersa, gonorarining 90 foizini yo‘qotishini aytgandi.
Anchadan beri kutilayotgan ushbu jangga ham sanoqli kunlar qoldi. U 26 avgustda Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Meyvezer boks haqidagi nufuzli nashrlardan biri tuzgan reytingga ko‘ra, barcha zamonlarning eng yaxshi bokschisi deb topilgandi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026