Jahon | 00:50 / 19.08.2017
4684
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliya politsiyasi mavjud bo‘lmagan sportchilarda pul qilgan guruhni aniqladi

Braziliya politsiyasi sport sohasida firibgarlik bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhni aniqladi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, guruhga Kubadan bo‘lgan bir necha kishi kirgan. Guruh Braziliyada 2012 yildan faoliyat yurita boshlagan va 25 nafar mavjud bo‘lmagan sportchi ro‘yxatini tuzgan. 

Jinoyatchilar bu sportchilar uchun noqonuniy yo‘l bilan sportchilarni tayyorlashni moliyalashtirish federal dasturidan mablag‘lar olib turishgan. Shu tariqa mamlakat sport vazirligi bunday “o‘lik” sportchilarga 250 ming dollardan ko‘proq pul ajratgan.

Ushbu ishning tergovi doirasida politsiya bir qator tintuvlar o‘tkazib, 6 ta hibsga olishga order bergan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid