Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada avtomobil haydovchisi bir guruh kishilarga qasddan hujum uyushtirdi
Belgiyada avtomobil haydovchisi ziyofat qatnashchilariga qasddan hujum uyushtirdi. Ularning 4 nafari turli jarohatlar oldi, bir kishining ahvoli og‘ir. Belga agentligi shu haqida xabar berdi.
Voqea yakshanba kunga o‘tar kechasi, taxminan soat 3:30 atrofida Lyuksemburg provinsiyasidagi Assenua shahrida ro‘y berdi.
Agentlikning prokuratura vakiliga asoslanib xabar berishicha, uch kishi bo‘lgan avtomobil odamlar ustiga bostirib borgan.
Guvohlarning tezkor xatti-harakatlari natijasida hujum uyushtirgan shaxslar huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan bir soat ichida qo‘lga olingan.
Prokuratura xodimining so‘zlariga ko‘ra, voqea terakt sifatida qayd etilmagan.