Makronning rafiqasiga ortiqcha xarajatlarsiz birinchi xonim bo‘lishga ruxsat berildi
Yelisey saroyi mamlakat prezidentining rafiqasi maqomini aniqlashtiruvchi shaffoflik xartiyasini chiqardi.
Hujjatga muvofiq, «Fransiya prezidenti rafiqasining jamiyatdagi roli va vazifalari» aniqlashtirilgan. Xususan, ko‘rsatilishicha, u eriga rasmiy tashriflar va xalqaro sammitlar davomida hamrohlik qilishi mumkin.
Bundan tashqari, ayol Fransiyaning xalqaro ta'sirini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan tadbirlarni ham o‘zi tashkillashtirishi mumkin. Ustuvor jihatlar orasida – fuqarolik jamiyati bilan o‘zaro aloqa, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, bolalarni himoya qilish va jinslarning tengligi masalalari bor.
Jamoatchilikning xavotiriga sabab bo‘lgan hamda Emmanuel Makronning reytingi tushishiga olib kelgan asosiy savolga javob xartiyaning ikkinchi qismida bor. U yerda aytilishicha, prezident rafiqasida o‘z byudjyeti, maoshi, shuningdek, hukumat xarajatlari bo‘lmaydi. U ikki maslahatchi, kotiblar guruhi, davlat tomonidan taqdim etiluvchi qo‘riqlash xizmatidan umid qilishi mumkin, xolos.
Yelisey saroyi Fransiyaning birinchi xonimi bilan bog‘liq istalgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni e'lon qilishga va'da bergan.
Emmanuel Makron Fransiya prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozonganidan so‘ng, davlat g‘aznasidan rafiqasi Brijitga mablag‘lar ajratish va uni parlament orqali qabul qilishga imkon beruvchi birinchi xonim nizomini qabul qilishni taklif qilgandi. Shunday bayonotlar fonida Makronning reytingi 54 foizga tushib ketdi.
Mavzuga oid
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024