Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muvaffaqiyatga erishgan insonlar mutolaa uchun qanday vaqt topishadi?
Eng badavlat ishbilarmonlar kitob o‘qishga juda ko‘p vaqt ajratishadi va aynan mutolaani muvaffaqiyatlarining bir qismi, deb bilishadi. Ularning misolidan ilhomlaning.

Uorren Baffet
Ishbilarmon, dunyodagi eng yirik va taniqli sarmoyadorlardan.
Kunlarning birida Baffetdan muvaffaqiyatning kaliti nima, deb so‘rashganida u: «Kuniga 500 bet kitob o‘qing. Bilimlar ham omonatdagi foiz kabi to‘planib boradi. Bu hammaning qo‘lidan keladigan narsa, lekin haqiqatda juda ham kam kishi bunga kirishadi», degan.
Baffetning o‘zi sarmoyadorlik karerasi boshlanishidan avval kuniga 600–1000 bet kitob o‘qigan. Hozir ham bo‘sh vaqtining 80 foizini kitob o‘qishga bag‘ishlaydi. Bunga u qanday erishmoqda? Shunchaki, buni u muhimligi bo‘yicha birinchi o‘rindagi vazifa, deb biladi.

Mark Kyuban
Ishbilarmon, Landmark Theatres egasi, HDNet kompaniyasi rahbari.
Kyuban kuniga 3 soat kitob o‘qiydi va bu unga o‘z kuchlariga ishonchini mustahkamlashda yordam beradi. Uning so‘zlariga qaraganda, bolaligida u qo‘liga tushgan har bir kitob va jurnalni o‘qigan, chunki kelajakda u yoki bu narsaga erishishi mumkinligini bor yo‘g‘i bitta yaxshi fikr o‘zgartirib yuborishi mumkin edi.
«Agar barcha ochiq ma'lumotlarni iste'mol qilish uchun yetarli darajada vaqt sarflasam, o‘z biznesimda yanada ko‘proq marralarga erishaman, deb o‘ylayman», — degan Kyuban.

Bill Geyts
Ishbilarmon, jamoat arbobi, Microsoft asoschisi.
Geyts yiliga 50 ta kitob o‘qiydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, garchi jahon bo‘ylab ko‘p sayohat qilib, qiziqarli insonlar bilan juda ko‘p uchrashsa ham, mutolaa hamon qandaydir yangi narsa o‘rganish va o‘z nigohini kengaytirish uchun asosiy vositaligicha qolmoqda. Safarga chiqqanida u hamisha o‘zi bilan kitob oladi.

Ilon Mask
Ishbilarmon, ixtirochi va sarmoyador
Raketalar yasash uchun narxlar juda baland edi, shu sababli Maskning o‘zi mustaqil ravishda ularni yasashni o‘rganishga qaror qiladi. Buning uchun, albatta, ko‘p kitob o‘qigan. U muayyan maqsadga yetishishga intilib, mu'ayyan bilimlar olishning uddasidan chiqadi va o‘zi istagan narsaga erishmaguncha to‘xtamaydi.

Toni Robbins
Yozuvchi, ishbilarmon, murabbiy, layf-kouching bo‘yicha bestsellarlar muallifi
Robbins qashshoq oilada voyaga yetadi, uning onasi piyonista edi. U kitob mutoaasi uni hayotda qutqargani va yanada kuchliroq bo‘lishiga turtki bergani haqida gapiradi.
«Men tez o‘qish kurslarini o‘tab, yetti yil ichida psixologiya, fiziologiya va hayotni o‘zgartirishda qo‘l keladigan barcha narsalar haqida 700 ta kitobni o‘qib chiqdim», — deydi Robbins.
Qanday qilib yanada ko‘proq kitob o‘qish mumkin?
1. Kutubxonalarga boring. Bu minglab kitoblarni tekin va arzimagan pul sarflab o‘qishning eng yaxshi usuli.
2. Soat bilan o‘qing. Bo‘sh vaqtingiz qancha bo‘lishi — 30 daqiqami yo 3 soatmi — qat'i nazar, soat sizni mutolaaga sho‘ng‘ishga va hech narsaga chalg‘imaslikka undaydi.
3. Hamisha qo‘l ostingizda kitob bo‘lsin. Yo‘lda ham audiokitoblar tinglab keting. Kutishga ketadigan vaqtni ham behudaga sarflamang — doimo yoningizda qog‘oz yoki elektron kitob bo‘lsin.
4. Uyqu oldidan mutolaa qiling. Tadqiqotlarga ko‘ra, uyqu oldidan biz ko‘proq axborot hazm qilamiz, boz ustiga, mutolaa uxlashda ham yordam beradi. Agar har kuni kechqurun ma'lum bir vaqtda o‘qishga kirishsangiz, mutolaa ham tezda odat tusini oladi.
5. Kamida uchta bobni o‘qishga odatlaning. Kitobga imkoniyat bering, uning uchta bobini o‘qing, lekin u sizga yoqmasa, uni oxirigacha o‘qish uchun o‘zingizni qiynamang. Sizga na foyda, na huzur keltiradigan narsani o‘qishdan ma'ni yo‘q.
Mavzuga oid
10:00 / 15.06.2026
O‘qigan har bir kitob uchun uch kun: mahkumlar uchun yangi tartib tasdiqlandi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
17:39 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
18:07 / 07.03.2026