Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRdan Suriyaga yuklar yetkazib berilishiga bo‘lgan urinish fosh etildi
KXDRdan Suriya ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar Markaziga so‘nggi olti oyda ikkita yuk jo‘natmasi yuborilgani fosh etilgan. Bu haqda BMTning Shimoliy Koreyada sanksiyalarning buzilishiga oid maxfiy hisobotida aytiladi.
Hisobot BMT mustaqil ekspertlari tomonidan tayyorlangan va BMT Xavfsizlik Kengashiga avgust boshida taqdim etilgan, biroq, yuklar aynan qachon olib qo‘yilgani hamda ular nimalardan iborat bo‘lganiga oydinlik kiritilmagan.
«Komissiya KXDR va Suriya o‘rtasida taqiqlangan kimyoviy qurol, ballistik raketalar va qurol-yarog‘ning oddiy turlari sohasidagi hamkorlik haqidagi xabarlarni surishtiruvdan o‘tkazmoqda», - deya 37 betdan iborat hisobotdan iqtibos keltiradi Reuters agentligi.
Ta'kidlanishicha, yuklar BMTning ikki a'zo mamlakati tomonidan olib qo‘yilgan.
«Tashkilotga a'zo bo‘lgan yana bir davlat komissiyaga bu tovarlar Koreya tog‘-ruda sanoatini rivojlantirish bo‘yicha savdo korporatsiyasi va Suriya o‘rtasidagi shartnomaning bir qismi bo‘lgani haqida ma'lumot berdi», - deyiladi hujjatda.
Suriya tashkilotlari ushbu yuklarni olishi kerak bo‘lgani aytilmoqda.
Avvalroq Suriya AQSh va Britaniyani terrorchilarga zaharli moddalarni yetkazib berishda ayblagandi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026