"Barcha topilgan ashyolar qo‘l granatalari va granatomyotlarning o‘q dorilari bo‘lib, ular zaharlovchi CS va CN gazlari bilan to‘ldirilgan… Aniqlangan va slaydda namoyish etilgan kimyoviy o‘q-dorilar AQSh hududida "Federal Laboratories" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan... Zaharlovchi vositalar "Cherming Defence UK" (Buyuk Britaniya) va "NonLethal Technologies" (AQSh) kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan", — degan Miqdod.
 
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, kimyoviy zaharli moddalar jangarilarning Halabdagi boshpanalari va Damashqning ozod etilgan sharqiy tumanlarida aniqlangan.