Jahon | 23:36 / 22.08.2017
3572
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro Venesueladagi siyosiy inqirozni faqat tinch yo‘l bilan hal qilish mumkinligini aytdi

Foto: REUTERS / Marco Bello

Venesueladagi inqirozni faqat tinch yo‘l bilan muloqot yordamida hal qilish mumkin, deb aytdi mamlakat prezidenti Nikolas Maduro.

“Siyosiy inqirozga kelsak, biz tashqaridan aralashuvga istalgan urinishlarni rad etish uchun birlashishimiz kerak. Biz venesuelaliklar muloqot yordamida muammolarni yecha olishlariga ishonamiz”, deb aytgan Maduro Karakasdagi matbuot anjumanda. Prezident “inqirozni tinch hal qilish tarafdori va biror bir zo‘ravonlikka qarshi” ekanligini aytgan.

“AQSh prezidenti Donald Trampning harakatlari fashizmga va qit'amiz bo‘laklanishiga yo‘l ochadi”, deb ta'kidlab o‘tgan Maduro. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid