Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiya pensiya jamg‘armasi hajmi 63 mlrd dollarga oshdi
Norvegiya davlat pensiya jamg‘armasi hajmi joriy yilning yarmida rekord miqdordagi 63 mlrd dollarga oshdi. Bu haqda 22 avgustda jamg‘arma matbuot xizmati ma'lum qildi.
Dastlabki ikki chorak natijalariga ko‘ra daromadlilik 6,5 foizga oshgan. 30 iyunda Neft jamg‘armasi hajmi trillion dollardan oshgan. Rekord qiymat fond bozorlaridagi ijobiy vaziyat va jamg‘arilgan mablag‘larning katta hajmi bilan tushuntiriladi.
Jamg‘armaning butun mablag‘laridan 65 foizi aksiyalarga, 32 foizi obligatsiyalarga, qolgan qismi esa ko‘chmas mulkka tikilgan.
2016 yil mayida Norvegiya Neft jamg‘armasi mablag‘larini birinchi marta retsessiyaga qarshi kurash uchun qo‘llashi ma'lum qilingandi. O‘tgan yili mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun neft sotishdan olinadigan daromadlardan 25 mlrd dollarni sarflash mo‘ljallangandi.
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
10:35 / 25.04.2026
Norvegiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
08:40 / 23.03.2026