Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari Iroqqa e'lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Pentagon rahbari Jyeyms Mettis e'lon qilinmagan tashrif bilan Iroqqa keldi. Bu Tall-Afor shahrini terrorchilardan ozod qilish bo‘yicha amaliyot boshlanganidan bir necha kundan so‘ng yuz berdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Ta'kidlanishicha, AQSh mudofaa vaziri Iroq yetakchilari bilan IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashning keyingi qadamlari haqida muzokaralar o‘tkazadi.
Avvalroq Mettis IShID bilan kurash hali yakuniga yetishiga ancha vaqt borligi haqida OGOHLANTIRGANDI.
Tall-Aforni IShIDdan ozod etish bo‘yicha amaliyot Iroq harbiy kuchlari tomonidan 20 avgust kuni boshlandi. U Mo‘suldan 80 kilometr g‘arbda joylashgan.
Mavzuga oid
11:58 / 25.05.2026
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
21:13 / 12.05.2026
Pentagon AQSh va Eron o‘rtasidagi urushning narxini ochiqladi
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
16:21 / 24.04.2026